Sesh. Sen 27th, 2022
Microsoft rus xakerlarini 150 tashkilotga hujum qilganlikda ayblamoqda

Microsoft kompaniyasi SolarWinds dasturining hujumi uchun mas’ul bo’lgan Nobelium xakerlar guruhi tomonidan yangi keng ko’lamli kiberhujum haqida e’lon qildi.

Amerika ma’muriyatiga ko’ra, guruh Rossiya bilan bog’liqligi taxmin qilinmoqda.

«Ushbu so’nggi hujum bilan Nobelium 150 dan ortiq tashkilotdagi 3000 ga yaqin shaxsiy hisob raqamlariga hujum qilishga urindi», deyiladi xabarda.

Microsoft ma’lumotlariga ko’ra, hukumat idoralari va nodavlat tashkilotlar xakerlar ta’siriga tushgan.

Kompaniya shuni tushuntiradiki, tajovuzkorlar AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning Constant Contact elektron pochta marketing xizmatidagi akkauntiga kirish huquqini qo’lga kiritgan, shundan so’ng ular o’zlarining jabrdiydalariga zararli faylga havola bilan maktublar yuborishgan.

Shu bilan birga, ushbu hujumlarning ba’zilari Microsoft dasturiy ta’minoti tomonidan bloklangan.

***

Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz