Sesh. Sen 27th, 2022
Tez kunda Windows’ning yangi avlodi taqdim etiladi!

Joriy yilning 24 iyun kuni Microsoft kompaniyasi Windows dasturiy ta’minotining yangi versiyasini taqdim etadi. Dasturiy ta’minot kuzda keng savdoga chiqarilishi kutilmoqda. 

Qayd etilishicha, yangi dasturiy ta’minot oxirgi o‘n yillikdagi “eng katta” o‘zgarishlardan biri bo‘ladi.

Operatsion tizim qayta ishlangan dizaynga, Microsoft Store’da ishlab chiquvchilar uchun ko‘proq imkoniyatlarga va foydalanuvchilarning o‘zaro aloqalarini osonlashtiradigan usullarga ega bo‘ladi.

Dasturiy ta’minot tadbirdan so‘ng yangi mahsulotlarni sinab ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tadigan “Windows insayderlari”ga tarqatiladi.

***

Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz