Shan. Okt 1st, 2022
Facebookning metaolami

Facebook asoschisi Mark Sukerberg kompaniya nomini Meta`ga o‘zgartirganini ma’lum qildi. Kompaniya barcha ilovalar va texnologiyalarni yangi brend ostida birlashtirib, odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam»ni qurish niyatida.

«Metaolamning o‘ziga xos xususiyati borlik hissi bo‘ladi — go‘yo siz boshqa odamning yonida yoki boshqa joyda bo‘lgandek. O‘zini boshqa odamga yaqin his qilish ijtimoiy texnologiyalarning asosiy orzusidir. Shuning uchun biz uni yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratishga qaror qildik», — dedi Mark Sukerberg Facebook Connect 2021 taqdimotidagi nutqida.

«Metaolam internetdagi bugungi ijtimoiy tajribalarning gibridiga o‘xshab ketadi, ba’zan uch o‘lchovga kengayadi yoki jismoniy dunyoga proyeksiyalanadi. Bu sizga, hatto birga bo‘lolmasangiz ham, boshqa odamlar bilan yorqin taassurotlarni baham ko‘rishga va jismoniy dunyoda qila olmagan narsalarni birgalikda bajarishga imkon beradi. Bu bizning kompaniyamiz uchun yangi bo‘lim ochadigan ijtimoiy texnologiyalarning uzun ro‘yxatidagi navbatdagi qadamdir», — deyiladi internet gigant bayonotida.

Meta rahbarining fikricha, yaqin o’n yillikda ko’pchilik internetning immersiv 3D versiyasiga vaqt ajratadi. Odamlar u erda to’liq o’lchamli avatar sifatida bo’lishlari va hatto o’zlarini gologrammalar sifatida ko’rsatishlari mumkin. 


Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz