Sesh. Sen 27th, 2022
Instagramda yangi funktsiya qo‘shildi

Ushbu yangi qo’shilgan imkoniyat bloggerlarga koʻproq obunachilarni jalb qilishda yordam berishi mumkin.

Instagram o’z ilovasiga obunachilarni foydalanuvchining boʻlajak jonli efirlari haqida xabardor qiluvchi bannerni qoʻshdi. Bu haqda Instagram rahbari Adam Mosseri oʻz sahifasida xabar bergan edi.

Instagram rahbarining qayd etishicha, foydalanuvchilar bannerga xohlagancha jonli efir qoʻshishlari mumkin. Agar foydalanuvchi bir nechta jonli tadbirlarni rejalashtirgan boʻlsa, ular bannerni bosganda roʻyxat sifatida koʻrsatiladi.

Belgi nafaqat foydalanuvchi obunachilariga, balki uning profiliga kirgan har bir kishiga koʻrinadi. Strimlar uchun yangi banner bloggerlarga ilovada koʻproq foydalanuvchilarni jalb qilishda yordam berishi mumkin.

Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz