Yangilik mobil va kompyuter versiyalari o‘rtasidagi farqni qisqartirdi. Ilovaga desktop vositalari kiritildi va neyron tarmoqqa asoslangan funksiyalar qo‘shildi. U bepul mavjud, ammo barcha funksiyalardan foydalanish uchun obuna talab qilinadi.
Agar foydalanuvchida Adobe’ning har qanday paketi uchun obuna mavjud bo‘lsa, iOS uchun Photoshop qo‘shimcha to‘lovsiz ishlaydi. Bundan tashqari, kompaniya oyiga 8 dollarga Photoshop Mobile va Web veriyasi uchun yangi tariflarni taklif qilmoqda. Android uchun yangilangan versiya keyinroq chiqariladi.