27-Okt, 2026
Qaynoq
• Namangan davlat universitetida ta’lim jarayonini nazorat qilishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda • Redmi K90 Max: 165 Gs Oled displeyi va kuchli Dimensity 9500 protsessori bilan taqdim etildi • Apple kompaniyasida rahbarlik o'zgarishi: Tim Kuk o'rniga yangi Ceo tayinlandi • Neyron tarmoqlarda global uzilish: ChatGPT, Gemini va boshqa AI tizimlari ishlamay qoldi • Microsoft Windows 11’dagi Vazifalar Paneliga Sun’iy Intellekt Agentlarini Joylashtiradi • Windows'dagi xavfli zaifliklarning kodlari ochiq manbaga sizdirildi • Zeekr гибрид 8X: 1400 ot kuchiga ega yangi avtomobil taqdim etildi • Huawei nova 15 Pro smartfoni: O’rta segmentdagi yangi yulduz • Intel arzon noutbuklar uchun Core (Wildcat Lake) protsessorlarini taqdim etdi • Samsung va Lg Smart Tv televizorlari sizni kuzatib boradimi? • Waveshare PocketTerm35: Raspberry Pi asosidagi ixcham portativ qurilma • IPv8: Internet Protikolining Yangi Avlodi IPv4 ni Almashishga Tayyormi? Internet Muhandislik Kengashi (IETF) IPv8 protokoli spetsifikatsiyasining birinchi loyihasini taqdim etdi.

Namangan davlat universitetida ta’lim jarayonini nazorat qilishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda

Namangan davlat universitetida ta’lim jarayonini nazorat qilishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda

Namangan davlat universitetida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, dars mashg‘ulotlarini monitoring qilish hamda auditoriyalardan foydalanish holatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi sun’iy intellekt asosidagi platforma yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida universitet Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur platforma orqali universitetdagi o‘quv auditoriyalarining holati haqida tezkor ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan. Xususan, qaysi auditoriyada dars mashg‘uloti olib borilayotgani, qaysi auditoriya bo‘sh ekani hamda jadval bo‘yicha dars belgilangan bo‘lsa-da, mashg‘ulot o‘tkazilmayotgan auditoriyalarni aniqlash mumkin.

Sun’iy intellekt asosidagi tizim ta’lim jarayonini nazorat qilish bilan birga, mavjud auditoriya resurslaridan samarali foydalanish, dars mashg‘ulotlarining belgilangan jadval asosida o‘tkazilishini monitoring qilish va aniqlangan holatlar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish imkonini beradi.

Platformaning joriy etilishi universitetdagi o‘quv jarayonini raqamlashtirish, nazorat mexanizmlarini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda Namangan davlat universitetida 17 ming nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet hududi va o‘quv binolarida 415 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan. Talabalarning kirish-chiqishini nazorat qilish maqsadida 18 ta turniket hamda 36 ta Face ID qurilmasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Universitetda xavfsizlik va ta’lim jarayonini monitoring qilishga qaratilgan raqamli yechimlarning joriy etilishi “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz talaba” tamoyillarini zamonaviy texnologiyalar asosida ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Tavsiya etamiz