iOS 26 beta 6’da “Tarjimon” ilovasida “Salom” so‘zi turli tillarda yozilgan kodlar topildi. AirPods’ning korpusida tarjima funksiyasini faollashtirish uchun aloxida belgilangan joylar ham ko‘rsatilgan.
Ushbu beta versiyada jonli tarjima “Telefon”, “Xabarlar” va FaceTime’da ishlaydi. Funksiya H2 chipi va Apple Intelligence’ni qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone’larda ishlaydi, ya’ni faqat AirPods Pro 2 va AirPods 4, shuningdek, real vaqtda kechikishsiz tarjima qila oladigan yangi iPhone modellarida mavjud.
Jonli tarjima Apple Intelligence orqali iPhone’da qayta ishlanadi, bu esa kechikishni 20 ms gacha kamaytiradi (https://www.macrumors.com/2025/08/11/live-translation-coming-to-airpods/).
AirPods’ning jonli tarjima funksiyasi sayohat va xalqaro muloqotda qanchalik foydali bo‘lishi mumkin?
————
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz (https://t.me/terabit_uz)