DeepSeek – 2023-yilda Xitoyda yaratilgan sun’iy intellekt startapi bo‘lib, uni “inson miyasidan 100 baravar tezroq” deb ta’riflashmoqda. Asosan, bu ChatGPT’ning xitoycha muqobili.
DeepSeek shov-shuvi
Yangi DeepSeek r1 modelining chiqarilishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu model avvalgilarga qaraganda tezroq, aniqroq va kamroq resurs talab qiladi. Kodlari ochiq manba sifatida taqdim etilgani esa raqobatni kuchaytirdi.
NVIDIA aksiyalarining tushishi
DeepSeek o‘zining r1 versiyasini e’lon qilganidan so’ng NVIDIA kabi AIga bog‘liq kompaniyalar DeepSeekning yangi modeli tufayli qiyinchiliklarga duch keldi. NVIDIA aksiyalari bir kun ichida 17% ga tushib, 600 milliard dollar yo‘qotdi. Buning sababi – DeepSeekning kam resurs talab qilishi va raqobatning kuchayishi.
Kelajak tendensiyalari
DeepSeek AIni ommalashtirishda katta qadam tashladi. AI texnologiyalari tez rivojlanmoqda, bozor esa ehtiyotkorlik bilan kuzatilmoqda. Endi AQSH va Xitoy sun’iy intellekt sohasida yanada qizg‘in raqobatga kirishishi kutilmoqda.