Biznes & Ayti
Google Gmail manzilingizni yangi akkaunt yaratmasdan o'zgartirish imkoniyatini taqdim etdi Google foydalanuvchilarga Gmail manzilini yangi akkaunt yaratmasdan o'zgartirish imkoniyatini taqdim etdi.
Google foydalanuvchilarga Gmail manzilini yangi akkaunt yaratmasdan o'zgartirish imkoniyatini taqdim etdi. Endi siz @gmail.com domenidagi yangi manzilni tanlashingiz mumkin, bunda barcha ma'lumotlar: pochta, Google Disk, YouTube va obunalaringiz avvalgi akkauntingizga bog'langan holda qoladi.
Avvalgi manzil ham ishlayveradi va xatlar ikkala manzilga ham kelib tushadi. Bu sizga sevimli xizmatlaringizdan foydalanishni davom ettirgan holda, elektron pochta manzilingizni yangilash imkoniyatini beradi.
Ammo, ba'zi cheklovlar mavjud:
*Manzilni cheklangan miqdorda o'zgartirish mumkin va buni 12 oyda bir martadan ko'p amalga oshirib bo'lmaydi.
*Yangi manzil o'rnatilgandan so'ng uni o'chirishning iloji yo'q.
*Funktsiya asta-sekin tarqalmoqda va hamma foydalanuvchilar va mintaqalarda ham mavjud emas.
Gmail manzilingizni o'zgartirish imkoniyati, ayniqsa, avvalroq nomaqbul manzil tanlaganlar uchun juda foydali bo'lishi mumkin. Google ushbu qulay yangilikni ishga tushirgani quvonarli.
#terabituz, #gmailuz
•
• Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz