Suniy Intellekt
Google sun'iy intellekt qidiruvi daqiqasiga million marta yolg'on gapiradimi? Google kompaniyasining Gemini asosidagi AI Overviews funksiyasini tahlil qilish uchun o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, javoblarning taxminan 10% noto'g'ri bo'lib chiqadi.
Google kompaniyasining Gemini asosidagi AI Overviews funksiyasini tahlil qilish uchun o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, javoblarning taxminan 10% noto'g'ri bo'lib chiqadi. Google kompaniyasining masshtabini hisobga olgan holda – yiliga taxminan 5 trillion qidiruv so'rovi bo'ladi, bu esa har kuni o'n millionlab noto'g'ri javoblarga olib keladi.
Xatolar asosiy faktlarga: sanalar, ismlar, tarixiy voqealarga tegishli. Bundan tashqari, sun'iy intellekt ko'pincha keltirilgan ma'lumotlarni tasdiqlamaydigan manbalarni ko'rsatadi, bu esa javoblarni tekshirishni qiyinlashtiradi. Bunday ko'rsatkichlar sun'iy intellekt (AI) tizimlarida hali ham muammolar mavjudligini ko'rsatadi. Google qidiruvi natijalariga haddan tashqari ishonmaslik lozim. AI Overviews funksiyasining ishonchliligi hali ham savol ostida ekanligini unutmaslik kerak.
Umid qilamizki, Google yaqin kelajakda ushbu muammolarni hal qilish ustida ishlaydi va sun'iy intellekt qidiruv natijalarining aniqligini oshiradi.
#terabituz, #suniyintellekt
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz