Texnologiya
IPv8: Internet Protikolining Yangi Avlodi IPv4 ni Almashishga Tayyormi? Internet Muhandislik Kengashi (IETF) IPv8 protokoli spetsifikatsiyasining birinchi loyihasini taqdim etdi.
Internet Muhandislik Kengashi (IETF) IPv8 protokoli spetsifikatsiyasining birinchi loyihasini taqdim etdi. Bu IPv4 manzil tanqisligini bartaraf etish va infratuzilmani ko'chirishni soddalashtirish maqsadida IPv4 ning potentsial o'rnini bosuvchisi sifatida ko'rilmoqda. Ma’lumki, IPv6 moslik muammolari va o'tishning yuqori narxi tufayli IPv4 ni to'liq almashtira olmadi.
IPv8 ning asosiy afzalligi uning IPv4 bilan mosligidir. Manzil formati IPv4 manzilining oldiga to'rtta raqamli blokni qo'shish orqali kengaytiriladi, masalan, 0.0.0.0.192.168.1.0. Bunda IPv4 ning dastlabki tuzilishi saqlanib qoladi.
Manzillarning kengaytirilishi maydonni 2^64 tagacha noyob manzillarga (18446744073709551616 ta kombinatsiya) oshiradi. Bu esa IPv4ni masshtablash cheklovlarini olib tashlaydi. Bundan tashqari, tarmoq konfiguratsiyasini soddalashtirish uchun IP, DNS va NTPni bitta so'rovda birlashtirgan DHCP8 joriy etilmoqda. Bu kelajakda Internet infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin.
#terabituz, #IPv8
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @TerabitUz