Yaqinda Microsoft 365 obunasining narxini oshirdi va buni xizmatga yangi sun’iy intellekt imkoniyatlari qo‘shilgani bilan izohladi. Bu ko‘plab foydalanuvchilarni xursand qilmadi, lekin endi Microsoft teskari qadam tashlab, Windows foydalanuvchilariga Office ilovalaridan bepul foydalanish imkonini bermoqda.
Windows foydalanuvchilari endi Office ilovalarini litsenziyasiz bepul ishlatishi mumkin, ammo bir qator cheklovlar mavjud. Ilovalarda reklama ko‘rsatiladi, uni o‘chirish uchun esa Microsoft 365 obunasi talab qilinadi.
Foydalanuvchilar shuni payqashdiki, endi Windows’da Office ilovalarini litsenziyasiz ishga tushirish mumkin. Birinchi marta ochilganda Microsoft hisobiga kirish so‘rovi paydo bo‘ladi, unda “Hozircha o‘tkazib yuborish” tugmasi mavjud. Uni bosgach, boshqa oynaga o‘tasiz va u yerda “Bepul davom ettirish” ni tanlab, Microsoft 365 obunasini xarid qilmasdan yoki doimiy litsenziya sotib olmasdan foydalanishni boshlaysiz.
Siz Windows’da reklama bilan bepul Office ilovalaridan foydalanarmidingiz? Fikringizni quyidagi izohlarda baham ko‘ring.
—————-
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz