27-Okt, 2026
Qaynoq
• Namangan davlat universitetida ta’lim jarayonini nazorat qilishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda • Redmi K90 Max: 165 Gs Oled displeyi va kuchli Dimensity 9500 protsessori bilan taqdim etildi • Apple kompaniyasida rahbarlik o'zgarishi: Tim Kuk o'rniga yangi Ceo tayinlandi • Neyron tarmoqlarda global uzilish: ChatGPT, Gemini va boshqa AI tizimlari ishlamay qoldi • Microsoft Windows 11’dagi Vazifalar Paneliga Sun’iy Intellekt Agentlarini Joylashtiradi • Windows'dagi xavfli zaifliklarning kodlari ochiq manbaga sizdirildi • Zeekr гибрид 8X: 1400 ot kuchiga ega yangi avtomobil taqdim etildi • Huawei nova 15 Pro smartfoni: O’rta segmentdagi yangi yulduz • Intel arzon noutbuklar uchun Core (Wildcat Lake) protsessorlarini taqdim etdi • Samsung va Lg Smart Tv televizorlari sizni kuzatib boradimi? • Waveshare PocketTerm35: Raspberry Pi asosidagi ixcham portativ qurilma • IPv8: Internet Protikolining Yangi Avlodi IPv4 ni Almashishga Tayyormi? Internet Muhandislik Kengashi (IETF) IPv8 protokoli spetsifikatsiyasining birinchi loyihasini taqdim etdi.

Nokia 5G X10 va X20 smartfonlari uch yillik kafolat bilan!

Nokia 5G X10 va X20 smartfonlari uch yillik kafolat bilan!

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlashni qo’llab-quvvatlaydigan ikkita yangi X10 va X20 modellari chiqarilishini e’lon qildi.

Ikkala smartfon ham plastik korpusda, qayta ishlangan polimerlardan foydalanilgan. Ikkala telefon ham 6,67 dyuymli IPS ekranlari 1080 x 2400 piksel o’lchamlari bilan jixozlangan.

Nokia X10 va X20 Snapdragon 480 5G protsessori bilan ishlaydi, bu Qualcomm chiplarining boshlang’ich seriyasidir , ammo grafika Adreno 619 GPUda ishlaydi. Ushbu smartfonlar Wi-Fi 5, Bluetooth 5.0, NFC, USB-C porti, audio raz’em va FM radiosiga ega. Batareyaning quvvati 4470 mA / soatni tashkil qiladi va 18 vatt quvvatga ega.

Smartfonlarning yagona farqi ularning kameralari. Katta versiya 64 megapikselli asosiy datchik, 5 megapikselli “keng obyektiv” va ikkita 2 megapikselli datchiklarni makro va fon xiralashuvi uchun oldi. X10 deyarli bir xil to’plam bilan jihozlangan unda faqat asosiy kamera 48 megapikselli va old kamera 8 megapikselli (X20da 32 megapikselli).

Ishlab chiqaruvchi uch yil davomida to’liq qo’llab-quvvatlashni va’da qilmoqda – bu nafaqat asosiy Android yangilanishlarini , balki kengaytirilgan kafolatni ham o’z ichiga oladi. Hozircha faqat Nokia X20 /128Gb / 8Gb narxi ma’lum – u taxminan 460$ atrofida taklif qilinmoqda.

? @Terabit_Uz

Tavsiya etamiz