Samsung o‘zining navbatdagi flagman smartfonlari — Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu smartfonlar sun’iy intellektga asoslangan yangi funksiyalar, kuchli texnik imkoniyatlar va mustahkam dizayn bilan ajralib turadi.
Sun’iy intellekt imkoniyatlari: Galaxy S25 liniyasidagi barcha smartfonlar Google Gemini yordamchisi bilan jihozlangan bo‘lib, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Kamera sozlamalarini optimallashtirish va suratlarni avtomatik tahrirlash. Endi har bir kadr ideal ko‘rinadi.
Kundalik rejani tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar berish. Bu vaqtni samarali boshqarishga yordam beradi.
Xabarlar va elektron maktublarni yozish. Tezkor va sodda matn yozish jarayoni.
Qo‘ng‘iroqlarni real vaqtda tarjima qilish. Hatto messenjerlarda boshqa tillardagi qo‘ng‘iroqlarni ham oson tushunishingiz mumkin.

Texnik xususiyatlar:
Barcha Galaxy S25 smartfonlari 12 GB operativ xotiraga va eng so‘nggi Snapdragon 8 Elite chipiga ega.
Eng kuchli model — Galaxy S25 Ultra:
Yangi avlod shisha materiali bilan jihozlangan. U balandligi qariyb 2 metr bo‘lgan tushish sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Narx va chiqarilish sanasi:
O’zbekistonda sotuvga chiqarilishi: 2025-yil fevral oyi oxirgi xaftasidan.
Narxlar: “Galaxy S25” narxi $799, “S25 Plus” $999, “S25 Ultra” $1299ga modelga qarab o‘zgaradi.