27-Okt, 2026
Qaynoq
• Namangan davlat universitetida ta’lim jarayonini nazorat qilishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda • Redmi K90 Max: 165 Gs Oled displeyi va kuchli Dimensity 9500 protsessori bilan taqdim etildi • Apple kompaniyasida rahbarlik o'zgarishi: Tim Kuk o'rniga yangi Ceo tayinlandi • Neyron tarmoqlarda global uzilish: ChatGPT, Gemini va boshqa AI tizimlari ishlamay qoldi • Microsoft Windows 11’dagi Vazifalar Paneliga Sun’iy Intellekt Agentlarini Joylashtiradi • Windows'dagi xavfli zaifliklarning kodlari ochiq manbaga sizdirildi • Zeekr гибрид 8X: 1400 ot kuchiga ega yangi avtomobil taqdim etildi • Huawei nova 15 Pro smartfoni: O’rta segmentdagi yangi yulduz • Intel arzon noutbuklar uchun Core (Wildcat Lake) protsessorlarini taqdim etdi • Samsung va Lg Smart Tv televizorlari sizni kuzatib boradimi? • Waveshare PocketTerm35: Raspberry Pi asosidagi ixcham portativ qurilma • IPv8: Internet Protikolining Yangi Avlodi IPv4 ni Almashishga Tayyormi? Internet Muhandislik Kengashi (IETF) IPv8 protokoli spetsifikatsiyasining birinchi loyihasini taqdim etdi.

Raqamli qullik: eSIM, barmoq skaneri.

Raqamli qullik: eSIM, barmoq skaneri.

Google bizni qanday kuzatishi xaqidagi fikrlarni davom ettiramiz.

Avvalgi postda eSIM haqida yozgan edim. Unga qo’shimchalar. O’zbekistonda ham mobil kompaniyalar eSIM xizmatini taklif eta bo’shladi. Endilikda telefoningiz eSIMni qo’llab-quvvatlasa foydalanuvchilar uni eSIM orqali tarmoqqa shunchaki dastur orqali ulashlari mumkin bo’ladi.

eSIM – abonent aniqlanishi va uning abonentlik qurilmasiga uyali aloqa tarmog‘iga kirishni ta’minlashga yordam beruvchi, smartfon ichiga o‘rnatilgan abonentlik moduli. (qisqacha virtual sim karta).

Insonlar uchun bu juda ajoyib qulaylik, simkarta telefon o’zida bir modul shaklida bo’ladi, yani odatdagidek sim kartani olib tashlab boshqa sim karta o’rnatib bo’lmaydi. Almashtirish uchun uyali aloqa kompaniyasiga uchrash yoki dastur orqali foydalanuvchi shaxsini identifikatsiyalagan xolda qurilmaga boshqa raqam o’rnatishi mumkin bo’ladi. Afzallik tomonlari telefon o’g’irlab ketishganda uni haqiqiy egasining ruxsatisiz ishlata olishmaydi. Lekin endi shu qurilma aynan ushbu foydalanuvchi (mijoz)niki ekanligini isbot qilish shart emas. Chunki shaxsni identifikatsiyalagan xolda eSIM olgan va bu aniq uning telefoni.

Barmoq izi skaneri – barmoq izi bilan telefonni qulflash, uni foydalanuvchilarga ancha xavfsiz usul ekanligini ko’rsatadi. Chunki bilamiz barmoq izlari unikal (takrorlanmas). Ushbu usul xavfsizlikning eng zaif tomoni hamdir. Kimdir shaxsiy telefonida barmoq izi bilan uni ochib qandaydir jinoyatni sodir etsa u endi buni xech qachon inkor qila olmaydi,  chunki uning telefoni qachon qaysi dasturga necha marta kirib chiqqani, telefonini ekrani necha marta o’chib yongani, telefonini necha marta qulfdan chiqarganigacha biladi. Bu Android 8 dan yuqori telefonlarning Sozlamalar / Raqamli farovonlik va ota-ona nazorati bo’limidan ko’rish mumkin. Qurilma egasining o’ta maxfiy ma’lumotlari telefonida bo’lsa va uni barmoq izi bilan qulflagan bo’lsa. Agarda ushbu shaxning dushmanlari mavjud bo’lsa endi undan parol so’rashi shart emas: kuch ishlatish, xiyla yoki shaxga mast qiluvchi narsalar berib osongina barmog’ini telefon barmoq skanerida o’qitilsa shu yetarli barcha sirlar ochiladi.

Davomi bor.. keyingi post nimalar haqida bo’lishi mumkinligini izohlarda qoldiring.


Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz

Tavsiya etamiz