Barcha telefonlardagi qo’shimcha imkoniyatlarni qulaylik deb fikrlashadi.
Masalaning ikkinchi tomoniga sohani yaxshi tushunmaganlar umuman e’tibor qilishmaydi.
1. Kameralar – avval bitta kameralik telefonlar bor edi, unda odamlarni kameralarini kuzatish imkoniyati xam paydo bo’ldi va bu kamlik qilib qolgani uchun selfi-kamera o’ylab topildi. Keyinchalik bitta kamera yaqin masofani suratga olganda orqa fondagi shaxslar obyektiv fokusiga to’g’ri kelmasligi sababli ikkinchi keng linzali kamera, keyin uchunchisi xam o’rnatildi. Endi Sizning telefoningiz yaqinidagi emas, o’sha xududni to’liq telefoningizga kirib olgan shaxs bemalol kuzatib tura oladi.
2. Batareyalar – ularni avval olib tashlab telefonni o’chirish mumkin edi, endi ularning zaryadi ko’proqqa yetadi va telefonni umuman o’chira olmaysiz. Zaryadi 0 bo’lib tugasachi dersiz, telefoningiz zaryadi haqiqatan ham “0” bo’lganligini qayerdan bilasiz, u Sizga “0” qoldi deb ko’rsatilsachi.
3. eSIM – yaqinda eSIM karta texnologiyasi ishga tushdi, endi telefondan sim kartani olib boshqaga qo’ya olmaysiz va telefoningiz Siz ekanligingizni aniq aytib turadi.
Davomi bor.. keyingi post nimalar haqida bo’lishi mumkinligini izohlarda qoldiring.
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz